AsosiyJinoyat

Sud Ahmadboyning sheriklariga ham jazo tayinladi

'Sud Ahmadboyning sheriklariga ham jazo tayinladi   'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir necha moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyat sudida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi (faoliyat bilan lisenziyasiz shug`ullanish), 25 orqali 211-moddasi (pora berishga suiqasd qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da ko`zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan Ahmadjon Tursunboev, Olmos Qo`chqorov, Izzatila Ibrohimov, Murodjon Tursunboev, Oybek Tursunboev, Azizjon Turdiev va Rashid Ismoilovlarga nisbatan sud hukmi e`lon qilindi.

– Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to`liq o`rganib, sudlanuvchilarni yuqorida ko`zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topdi, – deydi Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudi sudyasi Dilshod Komilov. – Sudlanuvchilarga nisbatan jazo choralarini belgilashda sud O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillari ham asoslandi.

Sudlanuvchilarning sodir etgan jinoyatlari uchun chin ko`ngildan pushaymon ekani va jinoiy qilmishlarni fosh qilishda faol yordam berganliklari e`tiborga olindi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyat sudi 7 nafar sudlanuvchini Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo`yicha aybdor deb topdi va Ahmadjon Tursunboevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 13 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so`m) jarima jazosi;

Olmos Qo`chqorovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so`m) jarima jazosi;

Izzatila Ibrohimovga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so`m) jarima jazosi;

Murodjon Tursunboevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so`m) jarima jazosi;

Oybek Tursunboevga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so`m) jarima jazosi;

Azizjon Turdievga 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug`ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 350 baravari miqdorida (45 584 000 so`m) jarima jazosi;

Rashid Ismoilovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida (52 096 000 so`m) jarima jazosi tayinlandi.

Sud tomonidan yuqorida ko`zda tutilgan jinoyatlar tufayli etkazilgan moddiy zararni qoplash masalasi boshqa jinoyat ishlarini ham tergov natijalariga qarab hal qilinishi ko`rsatib o`tildi.

Mazkur jinoiy ish bo`yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilarga va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.

Shu kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Obidov jurnalistlarni jinoyat ishi bilan bog`liq barcha ma`lumotlar bilan tanishtirdi.

Boshqa yangiliklar