1

Toshkentda bosqinchilar elektroshoker va pnevmatik to`pponcha bilan hujum qilishdi

Jinoyat 22.02.2018, 10:31
Toshkentda bosqinchilar elektroshoker va pnevmatik to`pponcha bilan hujum qilishdi

2018 yilning 13 yanvar kuni 3 nafar noma`lum shaxs Muqimiy ko`chasida to`xtab turgan “PREMIUM COMMUNICATIONS” MChJga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinaga hujum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ular avtomashina ichida bo`lgan S.Sh. va Ya.Ya.ning turli joylariga urib-tepib tan jarohati etkazib, pichoq va pnevmatik pistolet bilan qo`rqitishgan hamda S.Sh.ni elektroshoker bilan urib, falaj holatga keltirib, unga tegishli 15 mln. so`m hamda Ya.Ya.ga tegishli 8 mln. so`m pullarni olib, voqea joyidan yashiringanlar.

Ko`rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumani R.Ashurov ko`chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tug`ilgan U.S. sodir etganligi aniqlanib qo`lga olingan. Uning sheriklarini aniqlash va ushlash choralari ko`rilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1