1

Davlat bojxona qo`mitasida yangi tayinlov amalga oshirildi

Jamiyat 22.02.2018, 11:58
Davlat bojxona qo`mitasida yangi tayinlov amalga oshirildi

O`zbekiston Davlat Bojxona qo`mitasi Raisi birinchi o`rinbosari Baxtiyor Raimov lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi DBQ rasmiy axborot kanali.

Baxtiyor Raimov qo`mitada Bojxona nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi, Bojxona tekshiruvlari va surishtiruvlari boshqarmasi va Huquqiy boshqarmalar faoliyatini nazorat qilgan.

Shu bilan birga, O`zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq Aripov Jasur Alimovich Davlat bojxona qo`mitasi Raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Jasur Aripov ilgari Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o`rinbosari sifatida ishlagan.

Eslatib o`tamiz, 13 fevral kuni O`zbekiston Davlat bojxona qo`mitasi raisi Muidjon Tohiriy ishdan olinib, uning o`rniga Bosh prokuror o`rinbosari, general-mayor Murotjon Berdialievich Azimov tayinlangandi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1