Omsklik erkak bolalarning ko`z o`ngida kaptarni o`ldirgani uchun besh oyga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.
Sud qaroriga binoan mazkur muddat davomida erkak o`zi yashaydigan hududdan tashqariga chiqa olmaydi va yashash joyi bo`yicha polisiyadan ro`yxatdan o`tib turishi lozim bo`ladi. Hukm o`qilishidan ilgari vaziyatni yumshatuvchi holatlar — erkakning sog`ligi va ikki nafar voyaga etmagan farzandlari borligi e`tiborga olindi.
Jinoiy ishda qayd etilishicha, 31 yoshli erkak mast holatda kaptarga qarata rogatkadan tosh otgan, keyin esa uni tutib olib, kallasini uzgan. Voqea sodir bo`lgan paytda futbol o`ynayotgan bolalar uning xatti-harakatlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgan. Erkak muqaddam sodir etgan boshqa jinoyatlari uchun ham sudlanganligi ma`lum bo`ldi. U hayvonga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo`lganligini tan oldi.






