AsosiyDunyo

Tramp o`qituvchilarga qurol berishni taklif qildi

'Tramp o`qituvchilarga qurol berishni taklif qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp Parklend shahrida yuz bergan otishmadan keyin maktab o`qituvchilari va xodimlariga jinoyatchilarning hujumidan himoyalanish uchun yashirin tarzda qurol olib yurishga ruxsat berishni taklif qildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

“Bunda o`qituvchining yonida yashirin qurol bo`lardi. Ular maxsus tayyorgarlikdan o`tardilar. Ular maktabda bo`lardilar va boshqa quroldan xoli hudud bo`lmasdi”, deb aytgan Tramp maktablar o`qituvchilari va o`quvchilari bilan uchrashuvda. Uchrashuvda otishma sodir etilgan maktab vakillari ham qatnashgan.

Tramp jinoyatchilar aynan shunday “quroldan xoli hududlar”da odamlarni o`qqa tutib va ularga hech kim javoban o`q otmasligini tushungan holda xinoyatlarni sodir etishga harakat qilishlari haqida gapirdi. U o`qituvchilarni qurollantirishdan tashqari, maktablarga sobiq harbiylarni qo`riqchi vazifasiga ishga olishni taklif qildi.

Tramp, hujumlar o`rtacha 3 daqiqa sodir etilishi, polisiyaga esa voqea joyiga etib kelish uchun 5-10 daqiqa talab qilinishini eslatib o`tdi. Tramp “uning taklifiga ko`pchilik qarshi bo`lishini, biroq boshqalarga ma`qul kelishini” aytgan.

Prezident qurol sotib olishga ruxsatlarni berishda tekshiruv qoidalarini jiddiy qat`iylashtirishga va`da berdi. Uning aytishicha, keyingi haftada bir qator shtatlar vakillari bilan maktablardagi xavfsizlik mavzusi muhokama qilinmoqchi. “Biz eng jiddiy, eng muhim, naf beradigan takliflarni tanlab olamiz va ular ishlashi uchun barcha ishni qilamiz”, deb aytgan Tramp.

AQShda qurol olib yurish huquqi konstitusiyaga ikkinchi tuzatma bilan kafolatgan.

Hozirda sudlanganlik, ruhiy kasallik mavjudligi va boshqa omillar qurol sotib olishda to`sqinlik qilishi mumkin, biroq oxirgi ommaviy qotilliklarning ko`rsatishicha, bu tizim ko`pincha pand bermoqda.

Tramp saylovoldi kampaniyasi davomida qurol sotishni cheklashni qo`llab-quvvatlagandi.

    Boshqa yangiliklar