1

Ichimlik suvi uchun to`langan 5 milliondan ziyod pulni nazoratchi o`z shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgan

Jamiyat 23.02.2018, 11:07
Ichimlik suvi uchun to`langan 5 milliondan ziyod pulni nazoratchi o`z shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgan

«Suvoqava» davlat unitar korxonasi Nurota tumani filialining sobiq nazoratchisi E.H. tumanning Nurfaxr, Yangiobod, Eshon Sudur va Bo`diq mahallalarida yashovchi 71 nafar fuqaroni chuv tushirdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. U aholining ichimlik suvi uchun to`langan jami 5 million 300 ming so`mdan ziyod pulini o`z shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Bu holat Majburiy ijro byurosi Nurota tumani bo`limi tomonidan Prezidentning 2017 yil 16 noyabrdagi «Suv ta`minoti va suv chiqarish xizmati ko`rsatish sohasida to`lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmoni ijrosi doirasida o`tkazilgan tekshirish jarayonida ma`lum bo`ldi.

E.H.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodesining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi va 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1