1

"O`zstandart" qator sut va go`sht mahsulotlarini talabga nomuvofiq deb topdi

Jamiyat 23.02.2018, 11:32
"O`zstandart" qator sut va go`sht mahsulotlarini talabga nomuvofiq deb topdi

«O`zstandart» agentligi Toshkent shahri va Toshkent viloyati savdo rastalarida sotilayotgan 18 turdagi sut va go`sht mahsulotlarini me`yoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topdi. Bu haqda Xalqaro Press-klubning «O`zstandart»: islohotlarning yangi bosqichi, integrasiya va muammolar tahlili» mavzusidagi yig`ilishida ma`lum qilindi, deb xabar berdi «Sputnik».

Bildirilishicha, «O`zstandart» agentligi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining savdo rastalarida sotilayotgan 56 turdagi (sut va sut mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, ichimlik suvi, bolalar ozuqasi, kakao va sharbat) mahsulotning nazorat xaridi amalga oshirildi va ushbu mahsulotlar sinov laboratoriyalarida sinovdan o`tkazildi.

Sinov natijalariga ko`ra 18 turdagi sut va go`sht mahsulotlari me`yoriy hujjat talablariga sifat va xavfsizlik ko`rsatkichlari bo`yicha nomuvofiqligi aniqlandi.

O`tkazilgan sinovlar natijasida «Xasanmolprom» XF tomonidan ishlab chiqarilgan «Garmoniya» 30% qaymog`i, «Izzat» XK tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% «Tvorog» mahsuloti, «GOOD FOOD ORGANIC» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan quyultirilgan sut mahsuloti, «Tong sutlari» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan «25% Smetana» va «35% Qaymoq» mahsulotlari, «Xamidaxon barkali Tayyorlov» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% yogurt va 20% smetana mahsulotlari, «Believe Milk Food» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan «Shaftoli» mazali yogurt, «Molochny kray» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan «30% qaymoq», «15% Smetana» mahsulotlari, «Angren meat-milk» MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan «Best» smetanasi tomonidan ishlab chiqarilgan sut mahsulotlari fizik-kimyo ko`rsatkichlari bo`yicha me`yoriy hujjat talablariga javob bermagan.

Nomuvofiqliklar «Kozimjon Omad» va «Pokiza Niyat» MChJlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan kolbasa mahsulotlarida ham aniqlandi.

Sut mahsulotlarida aniqlangan nomuvofiqliklar asosan mahsulotlarning tashqi ko`rinishi, hidi, mazasi, tarkibidagi yog` miqdorining belgilangan talabda emasligi bo`yicha, kolbasa mahsulotlari esa tarkibidagi kraxmal moddalarning belgilangan talablardan yuqori ekanligi bo`yicha me`yoriy hujjat talablariga javob bermaydi deb topildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1