1

Buxoroda o`g`irlik qilgan kelinning qilmishi oshkor etildi

Jinoyat 23.02.2018, 14:50
Buxoroda o`g`irlik qilgan kelinning qilmishi oshkor etildi

Buxoro tumani ichki ishlar bo`limiga Yangi turmush mahalla fuqarolar yig`ini hududida yashovchi mehnat faxriysi «temir sandig`imdan 600 dollar miqdoridagi pulimni o`g`irlab ketishdi» deya murojaat qilgan, deb xabar berdi «Xalq so`zi».

Ichki ishlar xodimlarining aniqlashicha, o`g`ri shu xonadonda yashovchi, jabrdiydaning kelini M.S. bo`lib chiqqan. U qaynotasining uyda yo`qligidan foydalanib, ochiq holda qolgan sandiqdan pullarni yashirincha o`margan.

Shuningdek, mazkur tuman Ichki ishlar bo`limiga Novmetan mahallasida yashovchi A.A. ismli fuqaro o`z uyidan onasiga tegishli 7 million 700 ming so`mlik tilla taqinchoqlar o`g`irlab ketilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan. Surishtiruv ishlaridan so`ng, taqinchoqlarni A.A.ning turmush o`rtog`i sodir etganligi aniqlandi.

O`g`irlik sodir etgan kelinlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1