1

O`zbekistonda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi bo`lib o`tadi

Jamiyat 23.02.2018, 15:25
O`zbekistonda Markaziy Osiyo xalqaro ekologik forumi bo`lib o`tadi

20 fevral kuni Toshkent shahrida vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, diplomatik missiyalar vakillari uchun seminar-brifing tashkil etildi. Bu haqda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

«Tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsad, shu yilning 5—8 iyun kunlari O`zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda atrof-muhit va barqaror rivojlanish sohasida hamkorlikni mustahkamlash mavzusida bo`lib o`tadigan xalqaro ekologik forumiga tayyorgarlikdan iborat edi», — deyiladi xabarda.

Mazkur forum atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida barcha manfaatdor mamlakatlar bilan o`zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga, mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun hamkorlikdagi ishlarni shakllantirishga yo`naltirilgan.

Tadbirda Evropa, Osiyo va Markaziy Osiyoning atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo`jaligi bo`yicha davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari, BMTning tuzilmaviy tashkilotlari, etakchi xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy va jamoat tashkilotlari vakillarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1