1

Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bog`cha tarbiyachilarini bepul qayta tayyorlash boshlandi

Jamiyat 23.02.2018, 16:17
Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bog`cha tarbiyachilarini bepul qayta tayyorlash boshlandi

O`zbekistondagi barcha pedagogika oliy o`quv yurtlarida bog`cha tarbiyachilarini bepul qayta tayyorlash kurslari faoliyat boshladi, deb xabar qiladi Maktabgacha ta`lim vazirligining Facebook'dagi sahifasi.

22 fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida maktabgacha ta`lim muassasalarini yuqori malakali defektolog (logoped), amaliy psixologiya va maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi qayta tayyorlov kurslariga qabul qilingan ilk tinglovchilar uchun o`quv mashg`ulotlari boshlandi. Mazkur qayta tayyorlov kursiga Toshkent shahar Maktabgacha ta`lim bosh boshqarmasi tomonidan 816 nafar oliy ma`lumotli talabgorlar jalb etildi.

Shuningdek, ushbu sanadan boshlab respublikaning barcha viloyatlardagi universitet va pedagogika institutlari bazasida bog`chalarning pedagog va nomutaxassis kadrlari uchun bepul qayta tayyorlash kurslari minglab tinglovchilarni qabul qilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, tizimda faoliyat yuritayotgan qariyb 60 ming tarbiyachining atigi 21 foizi oliy ma`lumotli, 79 foizi esa o`rta maxsus ma`lumotga ega.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1