AsosiyJamiyat

2017 yili eng ko`p murojaatlar Adliya vazirligiga kelib tushdi

'2017 yili eng ko`p murojaatlar Adliya vazirligiga kelib tushdi'ning rasmi

O`zbekistonda 2017 yili eng ko`p murojaatlar Adliya vazirligiga kelib tushdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish natijalari bo`yicha o`tkazilgan majlisda ma`lum qilindi, deya xabar beradi O`zA.

Adliya vazirligida yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 13,5 mingta murojaat olingan.

Quyida eng ko`p murojaatlar kelgan boshqa vazirlik va tashkilotlar bilan tanishish mumkin:

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 11,5 ming;

Moliya vazirligi — 5,5 ming;

Sog`liqni saqlash vazirligi — 5,4 ming;

Davlat soliq qo`mitasi — 13,2 ming;

Davlat raqobat qo`mitasi — 6,3 ming;

«O`ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati — 11,4 ming;

Markaziy bank — 7,2 ming;

«O`zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati – 4,3 ming.

    Boshqa yangiliklar