Bugun, 24 fevral kuni Toshkentdagi «HYATT REGENCY» mehmonxonasida CAFA (Markaziy Osiyo, Eron, Afg`oniston Futbol assosiasiyalari) kongressi bo`lib o`tdi.
Kongressda Eron, Afg`oniston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi davlatlardan delegatlar hamda Janubiy Koreya va Qatar davlatidan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi asosiy masala KAFA tashkilotiga saylov orqali yangi rahbarni tayinlashdan iborat bo`ldi. Unga ko`ra O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi prezidenti, O`zbekiston futbol Assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov KAFAning yangi prezidenti etib saylandi.
KAFA Kongressida quyidagi rasmiy delegatlar ishtirok etishdi:
Said Alirizo Og`azodiy – Afg`oniston Futbol Federasiyasi Bosh kotibi
Mahdiy Taj – Eron futbol federasiyasi Prezidenti
Ali Kafashiyan (Eron) – OFK vise-prezidenti
Semetey Sultanov – Qirg`iziston Futbol federasiyasi Prezidenti
Dostonbek Qonoqboev - Qirg`iziston Futbol federasiyasi vise-prezidenti
Xurshed Mirzo(Tojikiston) – KAFA vise-prezidenti
Davlatmand Islomov – Tojikiston futbol federasiyasi Bosh kotibi
Farhod Sayfiddinov (Tojikiston) – Ijroiya qo`mitasi a`zosi
Chariyar Ataev - Turkmaniston futbol federasiyasi vise-prezidenti
Bobonazar Haqnazarov – Turkmaniston FF musobaqalar bo`yicha boshqarma boshlig`i

Shuningdek, KAFA Kongressiga quyidagi mehmonlar taklif etilgan:
Vohid Kardaniy (Eron) – OFK Xalqaro boshqarma boshlig`i
Chung Mong Gyu – Janubiy Koreya futbol Assosiasiyasi prezidenti
Park Yong Su - Janubiy Koreya futbol Assosiasiyasi prezidentining maslahatchisi
Shayx Xalifa Al-Taniy – Qatar futbol Assosiasiyasi prezidenti
Xalifa Huseyn Johar – Qatar futbol Assosiasiyasi prezidentining maslahatchisi
Tariq al Naama - Qatar futbol Assosiasiyasi vise-prezidenti
Ali Daud Al Shukri – Qatar futbol Assosiasiyasi Ijrochi-direktori
Mushtoq Al-Vaeli - Qatar futbol Assosiasiyasi Ijrochi-direktori






