AsosiyJamiyat

Urgutlik "ahmadboy" fuqaroni 580 ming dollarga chuv tushirdi

'Urgutlik "ahmadboy" fuqaroni 580 ming dollarga chuv tushirdi 'ning rasmi

O`zbekistonda bir fuqaro ikkinchisini 580 ming AQSh dollariga chuv tushirdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati bergan ma`lumotga asoslanib, «Sputnik» xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, voqea Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2017 yil dekabr oyida sodir bo`lgan. Noma`lum shaxs 1982 yilda tug`ilgan I.M.ga Xitoy va BAAning Dubay shahriga quritilgan mayiz mahsulotlarini eksport qilish orqali daromad olishni taklif qilib, undan 580 ming AQSh dollarini olib voqea joyidan yashiringan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Urgut tumani Vag`ashti qishlog`ida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan H.I. sodir etgani aniqlangan.

«Eslatib o`tamiz, moliyaviy piramida asoschisi — toshkentlik Ahmadboyning kirdikorlari fosh qilingach, O`zbekistonda odamlarni pulga chuv tushiradigan «shovvoz»larga xalq orasida «Ahmadboy» laqabi berilmoqda», — deb yozadi «Sputnik» nashri.

Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati fuqarolarni ehtiyot bo`lishga, firibgarlarning nayrangiga uchmaslikka tez-tez da`vat qilib kelsa-da, katta miqdordagi pullarini tovlamachilarga o`z qo`llari bilan topshirayotgan fuqarolar hamon topilmoqda.

    Boshqa yangiliklar