Qadim Buxoroda birinchi marta havo shari uchirildi. Ushbu tashabbus O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, tijorat banklari hamda O`zbekiston aeronavtika federasiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi, deb xabar berdi qo`mita matbuot xizmati.
Havo sharlari yordamida sayyohlar qadimiy Buxoro ustidan osmonu falakka ko`tariladi va ular yarim soat davomida qadimiy shahar gumbazi bo`ylab 100 metr balandlikdan butun shaharni tomosha qilishlari mumkin bo`ladi. Bu esa sayyohlarga ajoyib fotosuratlar olish va xushkayfiyat taqdim etadi.







