AsosiyJamiyat

Beeline shoshilinch xizmatlarning telefon raqamlari o`zgarganligi haqida xabar beradi

Beeline aloqa operatori O`zbekistonning barcha hududlaridagi abonentlar uchun favqulodda holatlar xizmati raqamlarini terish tartibi o`zgarganligi haqida xabar beradi.

Butun respublika bo`ylab favqulodda holatlar va ma`lumotlar xizmati raqamlarini tartibga solish va shaharlararo va xalqaro aloqa tarmog`iga chiqishni xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida quyidagi raqamlar o`zgartirildi:

  • 01 (yong`inga qarshi kurashish xizmati) – 101
  • 02 (milisiya) – 102
  • 03 (tez yordam) – 103
  • 04 (gaz avariya xizmati) – 104
  • 050 (qutqaruv xizmati) – 1050
  • 0xx (boshqa xizmatlar) – 10xx

Shunday qilib, Toshkent abonentlari uchun mobil va qo`zg`almas telefonlardan yagona terish tartibi o`rnatilmoqda: 101, 102, 103, 104, 1050 va boshqa, # belgisiz. Kelgusi uch oy davomida yangi xalqaro formatga ravon o`tish uchun ham yangi, ham eski raqam terish turlari amal qiladi.

    Boshqa yangiliklar