Samarqand viloyatidagi ehtiyojmand oilalarga gaz plitasi va gaz ballonlari sovg`a qilinmoqda. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Har bir tuman va shaharda 34 tadan kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan oila, nogironligi bo`lgan shaxsga ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, maishiy turmush sharoitini yaxshilash maqsadida ushbu sovg`alar berilishi rejalashtirilgan.
Shu paytgacha Jomboy, Paqyariq va Urgut tumanlarida bu jihozlar o`z egalariga topshirildi.
— Zamonaviy gaz plitasi va gaz balloni berilishi ro`zg`orimizdagi kam-ko`stni to`ldirdi, — deydi Urgut tumanidagi Mo`minobod mahallasida yashovchi G. Ro`ziqulova. — Bu jihozni sotib olishga qo`limiz kaltalik qilayotgan edi. Biz kabi oilalarga yaqindan ko`mak berayotgan davlatdan minnatdormiz.






