AsosiyJamiyat

Milliy xavfsizlik xizmatini niqob qilgan firibgar aniqlandi

'Milliy xavfsizlik xizmatini niqob qilgan firibgar aniqlandi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanidagi Soqchi mahallasida yashovchi Qaytmas Ayig`ov ichki ishlar idorasiga murojaat etib, (ism-shariflar o`zgartirilgan) 2013 yil dekabr oyida Denov tumanilik A`zam Azamatovga Buxoro davlat tibbiyot institutiga qo`shimcha kontrakt asosida o`qishga kiritib qo`yish sharti bilan bergan 70 million so`m pulini qaytarib ololmayotganini ma`lum qildi, deb yozadi O`zA.

Murojaat yuzasidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari chog`ida aniqlanishicha, Q.Ayig`ov 2013 yil dekabr oyida Denov tumanidagi Qoraxon mahallasida yashovchi A`zam Azamatov bilan tanishib qoladi. 32 yoshdagi bu shaxs o`zini Toshkent shahrida diniy ekstremizm bo`yicha Milliy xavfsizlik xizmatida ishlayman, deb tanishtiradi. Gap orasida Buxoro davlat tibbiyot institutining test sinovlaridan etarli ball to`play olmagan Qaytmas Ayig`ovning qo`shimcha kontrakt asosida o`qish uchun hujjat topshirganini eshitib, yigirma yoshdagi abiturientning “qo`ltig`ini puch yong`oqqa” to`ldiradi. Unga Buxoro shahridagi hamkasb do`stlari orqali yordam berishini aytib, ishonchiga kiradi. Xarajatlari uchun naqd 70 million so`m pulini aldov yo`li bilan olib ketadi.

Qing`ir yo`l bilan shifokorlik kasbini egallamoqchi bo`lgan Q.Ayig`ovning denovlik firibgar tanishi A.Azamatov yaqin kunlarda bu qilmishi uchun odil sud oldida javob beradi.

    Boshqa yangiliklar