AsosiyJamiyat

Okeanning isishi: rohatmi yo ofatmi?

'Okeanning isishi: rohatmi yo ofatmi?'ning rasmi

2017 yilda Tinch okeanidagi suv harorati ikki yil oldin qayd etilgan ko`rsatkichdan oshib ketgan. Xitoylik olimlarning xulosasi ana shunday. Mamlakat FAning atmosfera fizikasi instituti olib borgan tadqiqotga ko`ra, - deyiladi TASS xabarida.

Tinch okeaninining 2 kilometr qalinlikdagi yuqori suv qatlamida yuzaga kelgan issiqlik manbai Xitoy 2016 yilda ishlatgan elektr energiyasidan 700 marta ko`pdir.

Olimlarning ta`kidlashicha, bunday holat suvosti dunyosi ekotizimiga xavf tug`diradi. Ayniqsa, marjon qoyalari va ularda yashovchi jonzotlarga jiddiy zarar etadi. Suvosti oqimlarini ham yo`nalishidan o`zgartirib yuboradi. Oqibatda Erda harorat muvozanati buzilib, globol isish jadallashib ketishi mumkin.

Kuzatuvlarga ko`ra, bu borada nafaqat Tinch okeanida, balki Atlantika va Janubiy okeanlarda ham ahvol jiddiy.

    Boshqa yangiliklar