Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonaning yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlash borasida yurtimiz fuqarolari o`zlarini qiziqtirgan, shu kungacha o`z echimini topa olmayotgan muammolarini hal qilish imkoniga ega bo`lmoqdalar.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish, muammolarni joyida hal qilish, takroriy murojaatlarni keskin kamaytirish maqsadida, hududiy Tergov rahbarlarining telefon raqamlari ro`yxati namunaviy shakli ishlab chiqildi.
Telefon raqamlar ro`yxati namunaviy shakli fuqarolarga yaqqol ko`rinadigan holda, Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB, viloyatlar IIB huzuridagi Tergov boshqarmalarida – hududiy viloyat IIB, prokuratura, hokimlik, sud hamda Halq qabulxonalari, shuningdek, Transportda jamoat xavfsizligini ta`minlash boshqarmasi ma`muriy binosi, temir yo`l vokzal va aeroportlarda viloyat rahbarlari telefon raqamlari joylashtirildi.







