AsosiyJamiyat

Samarqandlik fuqaro Rossiyadagi yong`inda ko`rsatgan qahramonligi uchun taqdirlandi

'Samarqandlik fuqaro Rossiyadagi yong`inda ko`rsatgan qahramonligi uchun taqdirlandi'ning rasmi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Moskva viloyati Sofrino qishlog`ida yuz bergan yong`inda Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani Chorvador qishlog`ida tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi Kirgizov Nuriddin uy yonayotganligini ko`rib, u erda qolib ketgan qariyani qutqarishga shoshiladi va qariyani qutqarishi davomida o`zi yong`indan jarohat oladi.

Yong`inda ko`rsatgan insoniylik yordami uchun u Rossiyadagi Yong`inga qarshi kurashish ko`ngillar jamiyatining “Knyaz Aleksandr Lvov” nomli medali hamda Pushkin shahar okrugi boshlig`idan diplom, shuningdek, Pushkin yong`inqutqaruv garnizoni boshlig`i tomonidan minnatdorlik e`lon qilindi.

Mukofotlarni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig`i, Viloyat sog`liqni saqlash va hokimiyat xodimlari tomonidan topshirildi.

Hozirgi vaqtda unga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyati filialida tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar