1

Fokuschi 28 yildan keyin quyonga allergiyasi borligini bildi

Dunyo 27.02.2018, 18:54
Fokuschi 28 yildan keyin quyonga allergiyasi borligini bildi

Britaniyalik fokuschi 28 yildan keyingina quyonga allergiyasi borligini bildi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Yan Vrogg 1990 yildan beri bolalar uchun uyushtiriladigan kechalarda fokuschi sifatida ishtirok etib keladi. U hayvonlar bilan ish boshlagandan beri ko`zi yoshlanib, qizarib yuradi. Fokuschi buni shamollanganga yo`yib, turli dori vositalarini qabul qildi, uzoq muddat davolandi.

Oradan ma`lum muddat o`tgach, uning ahvoli og`irlashdi. Yan Vrogg quyonlarni qo`liga olganida mazasi qochayotganligini sezdi. Shundan keyin fokuschi bolalar shousida ishtirok etmaydigan bo`ldi.

Artist quyonlarini mehribon qo`llarga topshirdi. Bolalarga atalgan tomoshalarni quyonlarsiz tasavvur qilish qiyin. Endi Vrogg kattalar auditoriyasi uchun tomoshalar qo`yishni rejalashtirmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1