AsosiyJamiyat

Toshkentda anesteziolog 16 yoshli bemorning o`limida aybdor deb topildi va ozodlikdan mahrum etildi (video)

'Toshkentda anesteziolog 16 yoshli bemorning o`limida aybdor deb topildi va ozodlikdan mahrum etildi (video)'ning rasmi

Jarrohlik markazi anesteziologi, To`raxo`jaev Begzodning vafot etgani ortidan jinoyat ishida aybdor deb topildi va ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda «UzNews.uz» xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, 16 yoshli bemor To`raxo`jaev Begzod o`tkir ko`richak tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganidan so`ng, jarrohlik o`tkazilishi uchun maxsus xonaga olib kirib ketilib, bir necha soat vaqt davomida na bemor va na shifokordan darak bo`ladi.

Afsuski, 16 yoshga to`lgan Toshkent shahridagi 19-maktabning sobiq o`quvchisi jarrohlik jarayonidan chiqmadi, u vafot etdi. Aynan Jarrohlik markazida uning biologik o`limi qayd etildi.

Buning ortidan esa anesteziolog Tursunov Sherzodga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-modda 3-qismi bilan jinoyat ishi ochiladi.

Kecha, 27 fevral kuni sud barcha taraflarni eshitib, qonuniy qaror qabul qildi.

Sud hukmiga ko`ra, Tursunov Sherzod 3 yilu 6 oy ozodlikdan mahrum etildi va ikki yil muddatga tibbiyot sohasida mehnat qilish huquqidan mahrum etildi.

Bundan tashqari, bu ish yuzasidan Olmazor tumani Jinoyat ishlari bo`yicha sudi tomonidan Sog`liqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritildi.


Boshqa yangiliklar