AsosiyJamiyat

Farg`onada MIB inspektorlariga skuterlar topshirildi

'Farg`onada MIB inspektorlariga skuterlar topshirildi'ning rasmi

Islom Karimov nomidagi Farg`ona viloyat Teatr-konsert saroyida Majburiy ijro byurosining tuman va shahar bo`limlari inspektorlariga moped-skuterlarni tantanali topshirish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi energiya resurslari uchun to`lovlarni o`z vaqtida va to`liq undirish, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-torojlikning oldini olish, sud qarorlari va boshqa hujjatlarning ijrosini so`zsiz ta`minlash kabi muhim vazifalarni bajarishga xizmat qilyapti.

Marosimda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig`i Murodxon Ahmedov hamda viloyat prokurorining birinchi o`rinbosari Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdi.

Tadbirda 3 nafar byuro rahbariga xizmat avtomashinalari, barcha tuman va shahar byuro inspektorlariga zamonaviy moped ulov — skuter kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

    Boshqa yangiliklar