2018 yil 22-23 fevral kunlari Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati “Gruziya temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati vakillari o`rtasida muzokara bo`lib o`tdi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati xabar qildi.
Gruziya delegasiyasi rahbari “Gruziya temir yo`llari” AJ direktor o`rinbosari A.Nikolaishvili hozirda test rejimida ishlayotgan yangi «Baku – Tbilisi – Kars» temir yo`l yo`nalishi haqida ma`lumot berdi.
Ta`kidlanishicha, konteyner yuk tashuvchi ushbu yo`nalishda sinov ishlari yakunlangach, yuk tashish oqimini oshirish choralari ko`riladi.
Gruziya tomoni Xitoy Xalq Respublikasiga yuklarni tashishda O`zbekistonda yangi tashkil etilgan “Andijon” multimodal transport-logistika markazi tranzit imkoniyatlariga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida Gruziya tomoni O`zbekiston Respublikasi tashqi savdo yuk tashish narxlariga 50 foiz va qo`shimcha 10 foiz chegirma joriy etgani ma`lum qilindi.