1

Hindistonlik erkak o`zidan ikki qadam narida bo`lgan qizchasi o`g`irlanganini sezmay qoldi (Video)

Dunyo 28.02.2018, 13:34
Hindistonlik erkak o`zidan ikki qadam narida bo`lgan qizchasi o`g`irlanganini sezmay qoldi (Video)

Hindistonning Mumbay shahridagi do`konlardan birida sotuvchi bo`lib ishlovchi erkak o`zidan ikki qadam narida bo`lgan qizchasining o`g`irlab ketilganini sezmay qoldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Mazkur voqeani kuzatuv kameralari videoga oldi. Rolikdan ko`chaga yugurib chiqqan qizchani o`tib ketayotgan yigit ko`tarib olib, hech narsa bo`lmagandek yo`lida davom etayotganligini ko`rish mumkin.

Qizchaning yo`qolganligini otasi bir necha soatdan keyin bilib, uni qidirishga tushdi. U shuncha vaqt mobaynida qizi ko`chada o`ynab o`tiribdi deb o`ylagan. Kuzatuv kameralarini tekshirgan polisiya olti soatdan keyin bola o`g`risini qo`lga oldi.

Nashr qizchaning sog`-omonligi, jinoyatchi nima maqsadda uni o`g`irlagani haqida ma`lumot bermagan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1