1

Armanistonda taksichilarni zaharlab, mashinasini o`g`irlagan jinoyatchi qo`lga olindi

Dunyo 28.02.2018, 13:42
Armanistonda taksichilarni zaharlab, mashinasini o`g`irlagan jinoyatchi qo`lga olindi

Armanistonda taksichilarga psixotrop modda qo`shilgan konfet berib, keyin ularning mashinalarini o`g`irlagan jinoyatchi qo`lga olindi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Armanistonning Kutayk viloyatida yashovchi, o`zining shaxsiy avtomobilida yo`lovchi tashish bilan shug`ullanuvchi 43 yoshli erkak ichki ishlar idorasiga bu haqda xabar bergandan keyin jinoyatchini qo`lga olish bo`yicha tezkor-qidiruv tadbiri boshlandi.

Jabrlanuvchining ma`lumot berishicha, 15 fevral kuni kechasi Erevanda uning mashinasiga o`tirgan yo`lovchi Gegarkunik viloyatiga olib borib qo`yishni iltimos qilgan. Yo`lda erkak haydovchini konfet bilan mehmon qilgan. Shundan keyin uning mazasi qochib, qattiq uxlab qolgan. Noma`lum shaxs rulga o`tirib, mashinada Kanaker qabristoniga borib, mashinani to`xtatgan.

Bu paytda o`ziga kelganiga qaramay, holsiz yotgan haydovchini jinoyatchi o`ldirish bilan qo`rqitib, ikkita mobil telefonini va pullarini tortib olgan.

Ertasi kuni xuddi shu voqea boshqa bir taksi haydovchisi bilan ham takrorlangan.

Huquq-tartibot idorasi xodimlari jinoyatchini qo`lga olishga muvaffaq bo`lishdi. Ayni paytda u qamoqda saqlanmoqda. Jinoyatchi haqiqatan ham taksi haydovchilariga bergan konfetiga psixotrop modda qo`shganligini tan oldi. Mazkur jinoyat ishi bo`yicha jabrlanganlar ko`pligi, yana arizalar tushayotganligi sababli tergov ishlari uzoq davom etishi kutilmoqda.





Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1