1

Laosda samolyot qulashi oqibatida birgina hamshira omon qoldi

Dunyo 19.05.2014, 10:15
Laosda samolyot qulashi oqibatida birgina hamshira omon qoldi

Olingan rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, shanba kuni Laosning Sienkuang provinsiyasida samolyot qulashi oqibatida 16 kishi halok bo`lgan. 

Yuqori lavozimdagi harbiylarni olib ketayotgan samolyot bortida 11 nafar yo`lovchi va 6 ekipaj a`zosi bo`lgan, ulardan faqatgina hamshira omon qolgan, deya xabar beradi ITAR-TASS axborot agentligi. 

Halok bo`lganlar orasida Laos Xalq Demokratik Respublikasi bosh vaziri o`rinbosari va  mudofaa vaziri Duangchay Pxichit, uning turmush o`rtog`i, jamoat xavfsizligi vaziri Txongban Sengafon, Vetyan meri Sukxan Maxalat hamda LXDR hukumati, vazirliklarning boshqa vakillari bo`lgan.  

Qulagan An-74 samolyoti Laos tomonidan maxsus VIP reyslarni amalga oshirish uchun harid qilingan. Harbiylar Laos milliy armiyasi ikkinchi diviziyasining 55-yilligini nishonlash uchun yo`l olgan edi.       

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1