O`zbekiston Bosh prokurorining 27 fevraldagi buyrug`iga muvofiq, Jahongir Hotamov 5 yil muddatga Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinladi va mazkur prokuratura hay`ati raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qildi.
Jahongir Hotamov bunga qadar Toshkent shahar prokurorining birinchi o`rinbosari bo`lib ishlagan.
Eslatib o`tamiz, oldin bu lavozimda faoliyat yuritgan A. Mavlonov Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig`i etib tayinlangan edi.






