AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi: Pedagoglar kasbiga aloqasi bo`lmagan ishlarga jalb qilinishiga yo`l qo`yilmaydi

'Xalq ta`limi vazirligi: Pedagoglar kasbiga aloqasi bo`lmagan ishlarga jalb qilinishiga yo`l qo`yilmaydi'ning rasmi

5 fevral kuni Milliy matbuot markazida o`tkazilgan matbuot anjumanida Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatovning jurnalistlar savollariga bergan javoblari ba`zi internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda noto`g`ri talqin qilingan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati axborot berdi.

Xalq ta`lim vazirligidan ma`lum qilinishicha, majburiy mehnatning har qanday ko`rinishiga mutlaqo qarshi hamda tizimda faoliyat ko`rsatayotgan pedagoglarning o`z kasbiga aloqasi bo`lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo`l qo`ymaydi. Sohada xizmat qilayotgan 400 ming nafardan ortiq fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini qadrlash, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, jamiyatda ustoz obro`sini oshirish yo`lidagi ishlarini davom ettiradi.

«Vazirlik qonunchiligimizda belgilangan mehnat munosabatlariga oid huquqiy normalarga so`zsiz amal qiladi», — ta`kidlanadi xabarda.

    Boshqa yangiliklar