AsosiyJamiyat

«O`zbekiston havo yo`llari» o`z loukasterini yaratadi

'«O`zbekiston havo yo`llari» o`z loukasterini yaratadi'ning rasmi

O`zbekiston Milliy aviakompaniyasi “Aeroflot” kompaniyasi tajribasi asosida, loukoster aviakompaniya tashkil qiladi, deb xabar qildi, Milliy aviakompaniya rahbari o`rinbosari Toshkentdagi Xalqaro press-klubda.

“Biz hozir xalqaro tajribani o`rganmoqdamiz va loukoster kompaniyasini sertifikatlash dasturini tuzmoqdamiz. Ushbu masala yil oxiriga qadar yakuniga etkaziladi”, — dedi Umid Husanov, turizmni rivojlantirishga bag`ishlangan anjumanda.

Husanov aytishiga qaraganda, bu borada Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi tashkil qilgan “Pobeda” loukosteri tajribasi Milliy aviakompaniya uchun qiziq.

“Bizning loukoster ham “O`zbekiston Havo yo`llari”ning sho``ba korxonasi sifatida tashkil qilinadi, — dedi Husanov.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda turizmni yanada rivojlantirish maqsadida, Shavkat Mirziyoev fevral oyining boshida Qarshi aeroportiga “ochiq osmon” maqomini berish va u erga loukoster aviakompaniyalarni ham qabul qilish imkonini yaratish haqida farmon imzolagan edi.

    Boshqa yangiliklar