Mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy Namanganda Navro`z xalq sayli munosabati bilan o`tkaziladigan eng katta sumalak xayriya tadbiri doirasida, "do`ppidek osh" deya nomlangan eng kichik hajmdagi palov chempionati bo`lib o`tishi haqida ma`lum qildi.

Ushbu musobaqada har bir ishtirokchi bir xil miqdorda va bir xil maxsulotlardan do`ppidek osh tayyorlashadi. Mazkur kichik chempionat 20-21 mart kunlari o`tadigan "Sumalak sayli" turizm va milliy qadriyatlar festivali doirasida tashkil qilingan.






