1

Serbiyadagi suv toshqini 44 kishining umriga zomin bo`ldi

Dunyo 19.05.2014, 15:42
Serbiyadagi suv toshqini 44 kishining umriga zomin bo`ldi

So`nggi olingan ma`lumotlarga ko`ra, Serbiyada davom etayotgan tabiiy ofat 44 kishining umriga zomin bo`lgan.

Hozirda suv toshqini Nikola Tesla elektrostansiyasiga yaqinlashib bormoqda, shu sababdan elektr tokining o`chib qolish extimoli bor. 

O`nlab shaharlar suv ostida qolgan, hozirda 80 mingga yaqin uylar elektr o`chgan. To`xtamayotgan suv oqimi sababli odamlar uylari tomida vertolyot yoki harbiy katerlar kelishini kutishmoqda. Ichimlik suvi tez tugab bormoqda. 

Ushbu kuchli suv toshqini ko`chkilarga sabab bo`lishi mumkin. Mamlakat hukumati odamlarni qutqarish uchun barcha ishni amalga oshirmoqda. Xabar qilinishicha, 20 ming kishi evakuasiya qilindi. Tabiiy ofat etib bormagan shaharlar aholisi jabrlanganlar uchun pul, kiyim, ovqat va boshqa kerakli yordam yuborishmoqda. 

Shanba kuni Evropa tashqi siyosati xizmati Evropa ittifoqi va unga a`zo mamlakatlarga tabbiy ofat oldini olish va jabrlanganlarga yordam berishga tayyor ekanligini ma`lum qildi.       

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1