1

18 yoshli qiz qasd olish maqsadida yigitning jiyanini o`g`irlab ketdi

Jinoyat 01.03.2018, 16:49
18 yoshli qiz qasd olish maqsadida yigitning jiyanini o`g`irlab ketdi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi 2000 yilda tug`ilgan Sevaraxon Abdujalilova (ism-familiya o`zgartirilgan) unga uylanishni istamagan 1994 yilda tug`ilgan Javohir Eshmatovning jiyanini 27 fevral kuni o`g`irlab ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Sevaraxon Abdujalilova ilgaridan yaqin munosabatda bo`lib yurgan Javohir Eshmatov unga uylanishdan bosh tortganligi sababli qasd olish maqsadida uning akasini mazkur tumandagi «Barkamol avlod» tashkilotining binosida joylashgan bog`chadan ta`lim oluvchi 2011 yilda tug`ilgan Asalxon Botirova ismli farzandini aldov yo`li bilan o`g`irlab ketgan.

Olingan tezkor ma`lumotlarga asosan tuman IIB xodimlari tomonidan Abdujalilova va Botirovalarni Bo`stonliq tumani Chorbog` qo`rg`onida ekanligi aniqlanib, 27 fevraldan 28 fevralga o`tar kechasi jinoyatchi qo`lga olingan.

Asalxon Botirova ota-onasiga topshirilgan.

Sevaraxon Abdujalilovaga nisbatan Bekobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (odam o`g`irlash) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1