5 mart kuni jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudlanuvchilar Bobomurod Abdullaev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salaevga nisbatan ishni ko`rib chiqadi, deya xabar berdi Oliy sud matbuot xizmati "Gazeta.uz"ga.
Matbuot xizmati ma`lumotlariga ko`ra, ular Jinoyat kodeksining 159-moddasida (O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) ko`zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Jinoiy ish jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Zafar Nurmatov raisligi ostida ko`rib chiqiladi.






