AsosiyJamiyat

Qozog`istonda yana YTH ro`y berdi, O`zbekiston fuqarolari jabrlandi

'Qozog`istonda yana YTH ro`y berdi, O`zbekiston fuqarolari jabrlandi'ning rasmi

Qozog`istonning Mang`istov viloyatida 1 mart kuni ro`y bergan yo`l-transport hodisasi oqibatida etti kishi halok bo`ldi. Bu haqda TengriNews xabar bermoqda.

Aytilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 4:30 da Sayotes qishlog`i yaqinida «Oqtov – Beynov» avtoyo`lida Shacman yuk mashinasi Lada Largus engil avtomobili bilan to`qnashib ketdi.

Lada Largus haydovchisi va olti nafar yo`lovchisi voqea joyida hayotdan ko`z yumdi. Ularning shaxsi aniqlanmoqda.

Voqea yuzasidan Qozog`iston JKning 345-moddasi bo`yicha tergov olib borilmoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga qaraganda, halok bo`lganlarning barchasi O`zbekiston fuqarolaridir.

    Boshqa yangiliklar