“Xoja Ahror valiy” jome masjidida ayollar uchun namozxona ochildi. Bu haqda “islom.uz” nashri xabar berdi.
Ayollar uchun namozxona Toshkent shahridagi “Chorsu” dahasida joylashgan “Xoja Ahror valiy” jome masjidida ochilgani ma`lum qilingan.
Shuningdek, masjidda ayollar uchun alohida tahoratxona ham ajratilgan bo`lib, muslimalarga namozlarni o`z vaqtida ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani qayd etilgan.
Alloh taolo masjid rahbariyati hamda bu ishga hissa qo`shgan barcha mutasaddi birodarlarimizni ushbu namozxonalarda o`qilgan har bir namozdan, har bir ibodatdan hosil bo`lgan ajru savoblardan bahramand qilsin.






