O`zbekistonda sharob reklamasiga qo`yilgan cheklovlarni qayta ko`rib chiqish bo`yicha takliflar joriy yilning 1 iyuniga qadar ishlab chiqiladi.
Bu Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan shu yil 28 fevral kuni qabul qilingan “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizasiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilab qo`yildi.
Unga ko`ra, 1 iyunga qadar xorijiy mamlakatlarning ilg`or tajribasini hisobga olgan holda vinochilik mahsulotlarini reklama qilishda cheklovlarni qayta ko`rib chiqish bo`yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda 2010 yildan alkogolli mahsulotlar, jumladan, sharob reklamasi ham butunlay taqiqlangandi.






