AsosiyJamiyat

Poytaxt IIBB: Farg`ona yo`li ko`chasida vaqtincha qatnov qismi torayadi

'Poytaxt IIBB: Farg`ona yo`li ko`chasida vaqtincha qatnov qismi torayadi'ning rasmi

4 martdan 18 aprelgacha Farg`ona yo`li ko`chasining Qo`shko`prik ko`chasidan Tollimarjon ko`chasigacha bo`lgan qismida ichimlik va oqova suv quvurlarini yotqizish ishlari olib boriladi. Bu jarayonda ko`cha qatnov qismi 7 metrga torayadi, deya ma`lum qiladi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Haydovchilardan Farg`ona yo`li ko`chasida harakatlanish jarayonida yo`l harakati qoidalariga to`liq amal qilib, ehtiyot choralarini ko`rishlari so`raladi.

IIBB tirbandliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida mazkur ko`chaga parallel bo`lgan ko`chalarda harakatlanishni tavsiya qiladi.

    Boshqa yangiliklar