1

Buxoroda “giyohfurushlar”ning yana bir guruhi qo`lga olindi

Jinoyat 02.03.2018, 19:59
Buxoroda “giyohfurushlar”ning yana bir guruhi qo`lga olindi

G`ijduvon tumanida yashovchi “Nusrat” ismli shaxsning G`ijduvon tumani hududida ko`p miqdorda “nasha” giyohvandlik moddasi sotib yurganligi to`g`risidagi ma`lumotga asosan, olib borilgan dastlabki tezkor-surishtiruv harakatlari jarayonida mazkur fuqaro G`ijduvon shahri, Dilkusho MFY, A.G`ijduvoniy ko`chasi 40-uyda yashovchi, 1960 yilda tug`ilgan, muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan sudlangan Vosiev Nusrat Ne`matovich ekanligi aniqlanib, shu kuni viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan “nazorat tariqasida giyohvand moddalarini sotib olish” tadbiri o`tkaziladi.

Nusrat Vosiev nazorat tariqasida giyohvand moddasi sotib olish uchun yuborilgan shaxsga o`zining tanishi bo`lgan, G`ijduvon tumani, Gulistonobod MFY, Rabotipoyon qishlog`ida yashovchi, 1968 yilda tug`ilgan, muqaddam O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi bilan sudlanib jazo muddatini o`tab chiqqan Qahorov Nabi Sharipovich bilan jinoiy til biriktirib, har bir quti “nasha” giyohvandlik moddasini 400.000 so`mdan ekanligini aytib, 4 dona “SPIChKI” yozuvli gugurt qutisiga solingan holdagi 15.91 gramm “marixuanna” giyohvandlik vositasini o`tkazgan vaqtda viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo`lga olinadi.

Buxoro qiloyati IIB xabariga ko`ra, ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, “giyohfurush”larga nisbatan jazoning muqarrarligini ta`minlash choralari ko`rildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1