AsosiyJamiyat

Toshkent temir yo`l vokzalida ham «yashil yo`lak» paydo bo`ldi

'Toshkent temir yo`l vokzalida ham «yashil yo`lak» paydo bo`ldi'ning rasmi

Toshkentning markaziy temir yo`l vokzali xizmatlaridan foydalanuvchi sayyohlar uchun «yashil yo`lak» ochildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi va «O`ztemiryo`lyo`lovchi» OAJ vakillari o`rtasidagi muzokaralarda tomonlar markaziy temiryo`l vokzalida sayyohlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha hamkorlik shartnomasini imzolangan.

Hozirda sayyohlarni kutib olish va kuzatib qo`yish ishlari «yashil yo`lak» tamoyili bo`yicha amalga oshirilmoqda. Ushbu xizmat turistik firma va tashkilotlarning buyurtmalari bo`yicha sayyohlar joylashgan avtotransport vositalarining bevosita markaziy temir yo`l vokzaliga kirish imkoniyatini o`z ichiga olgan.

    Boshqa yangiliklar