AsosiyJamiyat

Ekobozor haqida eshitganmisiz? U Toshkentda ochildi

'Ekobozor haqida eshitganmisiz? U Toshkentda ochildi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida zamonaviy ekobozor foydalanishga topshirildi. Bu xaqda O`zA xabar berdi.

Bu erda fermer, dehqon xo`jaliklari, tadbirkorlar o`z mahsulotlarini sotish imkoniga ega. Bozor haftaning barcha kunlarida tunu kun ishlaydi. Xususan, har kuni 6:00 dan 23:00 gacha mahsulotlarning aholi uchun chakana savdosi yo`lga qo`yiladi. Tungi soat 12:00 dan tonggi 6.00 gacha esa ulgurji savdolar bo`lib o`tadi.

Ekobozorda 400 dan ortiq rastalar mavjud. Bu erda oziq-ovqat, qishloq xo`jaligi, maishiy kimyo mahsulotlari savdosi yo`lga quyiladi.

Shuningdek, tadbirkorlar va aholiga qulaylik yaratish maqsadida oshxona, novvoyxona, dorixona, mini-bank faoliyati tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar