AsosiyDunyo

Oskar 2018: “Eng yaxshi film”. Nomzodlar (Foto)

'Oskar 2018: “Eng yaxshi film”. Nomzodlar (Foto)'ning rasmi

Bugun, 4 martdan 5 marga shtar kechasi Hollivudda an`anaviy “Oskar” mukofotining 90-taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi, deya xabar bermoqda Afisha.tut.by nashri.

Har doimgidek, marosim Los-Anjeles shahridagi “Dolby Theatre” teatrida bo`lib o`tadi. Marosimni ikkinchi marta komik aktyor Jimmi Kimmel olib boradi.

Demak, eng asosiy – “Eng yaxshi film” nominasiyasiga nomzodlar:

1. Noan`anaviy, his-tuyg`ular aks ettirilgan “Meni o`z ismim bilan chaqir” kinokartinasi.

2. Buyuk Britaniya Bosh vaziri, davlat arbobi, adabiyot sohasida “Nobel” mukofoti sohibi (1953) Uinston Cherchillning 2-jahon urushining Dyunkerk opresiyasida fuqarolik va siyosiy arbob sifatida tutgan o`rni ochib berilgan “Zulmat zamonasi” filmi.

3. Har bir filmiga alohida, yillab tayyorgarlik ko`radigan rejissyor Kristofer Nolan bu yil “Oskar”ga o`zining “Dyunkerk” kinoasari bilan qatnashmoqda. Eng qizig`i, bu filmda ham Dyunkerk operasiyasiga murojaat etilgan. Faqat rejissyorning yondoshuvi o`zgacha; filmda bosh qahramon yo`q! Asosiy qahramon – urush dahshati! Rejissyorning filmga o`zining sevimli aktyori Tom Xardini jalb etgan. Xardi o`z rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan.

4. Irqchilik masalasiga o`zgacha yondoshilgan qora komediya – “Yo`qol!”

5. O`smirlik mavzusi asosiy planga chiqqan “Ledi Byord” filmi.

6. Har bir rolini do`ndirib ijro etadigan Deniel Dey Lyuisning so`nggi filmi – “Xayoliy rishta”.

7. An`anaviy oskarona film – “Maxfiy hujjatlar”. Filmda barchaning sevimli aktyori Tom Xenks hamda 21 karra “Oskar”ga nomzod bo`lgan bo`lgan, 4 karra “Oskar” mukofoti sohibasi Meril Strip Vetnam urushida Pentagon hujjatlarini fosh qilgan “The New York Times” va “The Washington Post” nashrlarining jasur jurnalistlari rolini ijro etishgan.

8. So`zsiz sevgi namoyish etilgan, his-tuyg`ular chegarasidan oshib o`tilgan “Suv shakli”.

9. “Missurining Ebbing chegarasida uch bilbord”. Film adolat, jasorat, odillik, hatto eng yuvosh odam ham adolat g`alabasi uchun ovoz balandlatmoqdan cho`chimasligi haqida.

Boshqa yangiliklar