AsosiyJamiyat

Yunusobodda Cobalt bilan to`qnashgan Nexia ustunga borib urildi (foto)

'Yunusobodda Cobalt bilan to`qnashgan Nexia ustunga borib urildi (foto)'ning rasmi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Nexia va Cobalt mashinalari to`qnashib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi.

«4 mart kuni tungi soat 00:15 larda Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko`chasidagi ‘Transtexbutlash’ MChJ qarshisida 1995 yilda tug`ilgan haydovchi Nexia avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1995 yilda tug`ilgan erkak boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan», — deyiladi xabarda.

YTH oqibatida ikki transport vositasining haydovchilari hamda Cobalt yo`lovchisi turli xil tan jarohatlari olib, tibbiy muassasalarga joylashtirilgan.


    Boshqa yangiliklar