AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi YTHda halok bo`lganlarning tanalari Xorazmga olib kelindi

'Qozog`istondagi YTHda halok bo`lganlarning tanalari Xorazmga olib kelindi'ning rasmi

Qozog`istonning Mang`istov viloyatida ro`y bergan YTHda halok bo`lgan etti nafar O`zbekiston fuqarosining tanalari mamlakatga olib kelindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lum qildi.

«Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog`liqni saqlash vazirliklari va Qoraqalpog`iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Qozog`iston Respublikasi vakillari bilan hamkorlikda olib borgan harakatlar natijasida mazkur yo`l-transport hodisasida halok bo`lganlar 4 mart kuni soat 11:45 da Xorazm viloyatiga olib kelindi», — deyiladi xabarnomada.

Hozirda halok bo`lganlarning shaxsini identifikasiya qilish ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar