O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy ascosiasiyasi va Koreya Respublikasining “KBS” telekompaniyasi hamkorligidagi birinchi ijodiy ish – hujjatli filmning taqdimoti bo`lib o`tdi...

O`zbekistonlik va koreyalik ijodkorlar tomonidan suratga olingan hujjatli filmlarida ikki xalqning boy madaniy meroslari, milliy urf-odatlari, qadriyat va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish darajasi keng ochib berilgan.

KBS telekompaniyasining yurtimizdagi tasvirga olish ishlari 2017 yilning 4-23 oktyabr kunlarida bo`lib o`tgan edi. Yana shuni ta`kidlab o`tish lozimki, Koreya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Arirang Sasha” filmi O`zbekistondagi koreys diasporasining 80 yilligiga bag`ishlangan. “Arirang Sasha” filmi ayni kunlarda rus va o`zbek tillariga ovozlashtirish jarayonida bo`lib, tez kunlarda o`zbek telekanallarida ham namoyish etiladi.
O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi qoshidagi telekanal ijodkorlari — jurnalist Feruza Elmurodova boshchiligidagi ijodiy guruh ham Koreya Respublikasida bo`lib, ikki mamlakatning diplomatik munosabatlariga 25 yilligiga bag`ishlangan hujjatli film surat olib qaytishgan. Koreyadagi o`zbek tadbirkorlari, u erda ta`lim olayotgan o`zbekistonlik yoshlar haqidagi mazkur filmning montaj ishlari tugatilyapti, u ham tez kunlarda tomoshabinlar e`tiboriga havola etiladi.
“O`ZBEKISTON VA KOREYaNING BUGUNGI MUNOSABATLARI KELAJAKDA O`Z IZINI QOLDIRADI...”
O`zbekiston va Koreya Respublikalari vakillari ishtirok etgan tadbirda Koreya Respublikasining O`zbekistondagi elchisi Kvong Yong U ham ishtirok etdi...

Kvon Yong U: — Ikki Respublika o`rtasida o`rnatilgan 25 yillik diplomatik munosabatlar davomida ikki tomonlama juda ko`p ijodiy ishlar, hamkorliklar qilinganini ko`rish mumkin. Ayniqsa, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning o`tgan yilning noyabr oyida Koreya Respublikasiga bo`lgan rasmiy tashrifini ham alohida ta`kidlamasdan iloj yo`q. Bu voqea ikki davlat o`rtasidagi aloqalarda yangi bosqichni boshlab berdi, desak mubolag`a bo`lmaydi. Davlat rahbarlari uchrashuvida asosan iqtisodiy masalalar ko`tarilgan bo`lsa-da, bundan keyin ta`lim va inson salomatligi borasida ham yangi hamkorliklar yo`lga qo`yilishini alohida aytib o`tmoqchiman. Shuningdek, 2018 yilda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Ji In janoblarining ham Vataningizga tashrifi rejalashtirilgan. O`ylaymanki, davlat rahbarlari ikki xalq va madaniyat vakillari o`rtasidagi bunday do`stona munosabatlar kelajakda o`zining ijodiy izini qoldiradi. Bugun taqdim etilgan hujjatli filmda ko`tarilgan masalalar esa mening yuqoridagi gaplarimga to`la isbot bo`la oladi.
“O`ZBEK KABOBINING TA`MI BIR UMR YoDIMDA QOLADI!”
Chang Kan

g Bok, prodyusser va “KBS” kinostudiyasining rejissyori: — Birinchi o`rinda ushbu film yaratilishida ijodiy guruhimizga katta yordam bergan O`zbekiston Elektoron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasiga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Koreys xalqi “Arirang Sasha” filmini juda iliq kutib oldi. Tomosha qilganlar reytingi e`lon qilinganda aholining 90 foizi uni ko`rib baho bergani gapimning yaqqol isboti.
O`zbekistonga kelganimning birinchi kunida meni o`zbek kabobi bilan mehmon qilishdi. Bu ta`m bir umr yodimdan chiqmasa kerak. Mehmondo`st o`zbek xalqiga yana bir bor o`z minnatdorchiligimni bildiraman.
Xulosa
Ikki davlatning ijodkorlari tomonidan olib borilayotgan bunday do`stona hamkorliklar kelajakda ikki davlatning nafaqat, ijtimoiy-siyosiy hayotida balki, turizmning yanada rivojlanishida o`z ta`sirini ko`rsatishiga ishonamiz.






