Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Qarorga asosan “O`zbekzargarsanoati” uyushmasi tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar va uyushma faoliyatida erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo`li orqali qatnashayotgan xususiy tadbirkorlar o`zlari tomonidan ishlab chiqilgan zargarlik mahsulotlarini realizasiya qilish qismi bo`yicha 2022 yil 1 yanvarga qadar aksiz, qo`shimcha qiymat, mulk, er solig`i va davlat maqsadli jamg`armalariga ajratmalar ajratishdan ozod qilindi.
Eslatib o`tamiz, 2017 yil 15 noyabrdagi Prezident qarori bilan xususiy tadbirkorlarga ham erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo`li orqali “O`zbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatida qatnashish imkoniyati berilgan edi.






