AsosiyJamiyat

Qo`ng`irotdagi YTHda er-xotin voqea joyida vafot etganlar

'Qo`ng`irotdagi YTHda er-xotin voqea joyida vafot etganlar'ning rasmi

Qoraqalpog`istonning Qo`ng`irot tumanida 2 mart kuni soat 07:55 larda avtohalokat ro`y berdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan Quvondiq Yusupov Lada rusumli avtomobilini «G`uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu» A-380 yo`lining 900-kilometrida haydab ketayotib, shu yo`nalishda yo`lning o`ng chetida to`xtab turgan «Kamaz» yuk mashinasi tirkamasining orqa qismiga urildi.

To`qnashuv oqibatida engil avtomobil yo`lovchilari —1973 yilda tug`ilgan Baxtiyar Seytnazarov va uning turmush o`rtog`i, 1976 yilda tug`ilgan Saltanat Ilyasovalar voqea joyida halok bo`ldi.

Yana bir yo`lovchi — 1980 yilda tug`ilgan Asilbek Omirbaev jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar