AsosiyJamiyat

«Bo`zsuv» kanalidan ayol kishining jasadi topildi

'«Bo`zsuv» kanalidan ayol kishining jasadi topildi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Qibray shaharchasi hududidan oqib o`tuvchi “Bo`zsuv” kanalidan ayol kishining jasadi topilgan edi.

Evropa millatiga mansub, 50-60 yoshlardagi bu noma`lum ayolning ko`krak va biqin qismiga o`tkir tig`li jism bilan jarohat etkazilgani aniqlangan.

IIV matbuot xizmati xabar berishicha, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 1977 yilda tug`ilgan Gennadiy Korochensev mast holda sodir etgani aniqlangan. Yashash va ishlash joyining tayini bo`lmagan, muqaddam sudlangan bu shaxs hozirda qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar