Namangan shahrida 3 mart kuni soat 14:04 larda I.E.ning uyida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Bu haqda Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Yong`in oqibatida uyning 20 kv.m. maydonida shift qismi, uy-jihozlari yonib zarar ko`rgan va yong`in o`chirish vaqtida uy egasi I.E. o`g`lining boshi va tanasi turli joylariga to`mtoq jism bilan urib, jarohat etkazilgan hamda kuygan holdagi jasadi topilgan.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi M.R. va uning birga yashovchi ukasi M.R. sodir etganliklari aniqlanib, qo`lga olindilar.






