AsosiyDunyo

Singapur metropoliteni avtomatik boshqaruvdan voz kechmoqchi

'Singapur metropoliteni avtomatik boshqaruvdan voz kechmoqchi'ning rasmi

Singapur metropoliteni rahbariyati poezdlarning avtomatik boshqaruvi tizimlaridan voz kechmoqchi. The Straits Times gazetasining xabar berishicha, bunga harakatlanishda yuzaga kelayotgan uzilishlar sabab bo`lgan. Metropoliten matbuot kotibi Temmi Tanning so`zlariga qaraganda, boshida haydovchisiz poezdlar yo`nalishida tig`iz paytlarda faqat bitta operator kuzatib borishi belgilangan bo`lib, bu barcha poezdlarda yo`lga qo`yilmagandi.

— Endi qabul qilingan qarorga binoan, metropolitenning ish vaqti davomida har bir poezdda bittadan mashinist bo`ladi, – deb qo`shimcha qildi Tan. — Operator-mashinistlar poezdlarda faqat yo`lovchilarga dalda bo`lish uchungina emas, balki turli hodisalarda tezkor choralarni qo`llash uchun ham zarur bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Singapurda 2003 yilda dunyoda birinchi marotaba haydovchisiz poezdlarda harakatlanuvchi metropoliten liniyasi ishga tushgan edi. Shahar–davlatning metropoliteni 200 kilometr masofada xizmat ko`rsatadi. Bu transport xizmatidan har kuni 2 million kishi foydalanadi.

    Boshqa yangiliklar